Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHТ) – bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi. Bunday hisoblar BMТ tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo’llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100dan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O’zbekistonda mazkur tizim keng qo’llaniladi.Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin.Birinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo’shilgan qiymatlar bo’yicha yondoshuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo’yicha yaratilgan qo’shilgan qiymatlar qo’shib chiqiladi (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo’yicha). Bu usul bilan hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o’rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi. Ikkinchi usul – bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondoshuv. Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo’shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo’jalikning uchta sub’ekti – uy xo’jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste’molchilar sotib olishi mumkin.Uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari. Bu kundalik ehtiyojdagi tovarlarga, xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg’arishga qiladigan sarflaridir. Invectitsion capflap acocan uchta qicmdan ibopat: a) tadbipkoplap tomonidan mashina, yskuna va ctanoklapning bapcha xapidi; b) bapcha qupilishlap; v) zahipalapning o’zgapishi.Davlat sarflari (DS) – bu mahculotlapni va iqtisodiy pecupslapni, xucucan ishchi kuchini cotib olishga davlatning (boshqapuvning quyi va mahalliy opganlapi bilan bipga) qilgan bapcha capflapini o’z ichiga oladi. Chet elliklarning milliy iqtisodiyot tovarlariga sarflari xuddi mamlakat ichidagi iste’molchilik sarflari kabi milliy ishlab chiqarish darajasiga bog’liq. Buni hisoblash uchun eksport va import miqdorlari o’rtasidagi farq aniqlanadi. Bu farq tovar va xizmatlarning sof eksporti yoki oddiy qilib sof eksport deyiladi. Demak, YaIM = Iste’mol + Yalpi jamg’arish + DS + Sof eksport.Uchinchi usul – bu YaIMnihisoblashga daromadlar bo’yicha yondoshuv.Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo’jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to’lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi. Shu sababli bu usulda YaIM pirovard mahsulot hisobidan olingan ana shu barcha daromadlarni qo’shib chiqish orqali aniqlanadi.12.4. Yalpi talab va yalpi taklifYalpi talab(aggregate demand, AD) - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmi yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmidir. Yalpi talabning umumiy miqdori, ya’ni shu aytilgan tovarlarni sotib olishga mo’ljallangan pul miqdori ularning turlariga, miqdoriga, sifatiga hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi.Тurli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondoshiladi. Jumladan, akademik V.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» bo’yicha darslikda yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni: , bu yerda: Yd – yalpi talab; C – uy xo’jaliklarining iste’mol sarflari;
I – xususiy sektorning investitsiya sarflari; G – davlat xaridi; NX – sof eksport. Real yalpi milliy mahsulotni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko’rinishda ifodalash mumkin: , bu yerda: AD – yalpi talab; M – pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – narx darajasi.Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bu teskari bog’liqlik 24-chizmada aniq ifodalangan.Yalpi talab hajmiga foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import tovarlar xaridi samarasi kabi narx o’zgarishiga bog’liq omillar ham ta’sir ko’rsatadi.
N
arx R
darajasiAD 0 Y
Ishlab chiqarish real hajmi24-chizma. Yalpi talab egri chizig’iFoiz stavkasi samarasi. Mazkur samaraning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining o’sishi bilan pulga bo’lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining o’zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o’sishiga olib keladi. O’z navbatida foiz stavkasining o’sishi iste’mol va investitsiya sarflari hajmini pasaytiradi. Chunki foiz stavkalarining oshib ketishi aholi tomonidan uy va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli iste’mol tovarlarini sotib olish uchun kredit olishni samarasiz qilib qo’yadi. Shuningdek, tadbirkorlar ham foizning yuqori darajasida o’zlarining nisbatan past daromad keltiruvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan voz kechadilar.
Boylik samarasi. U ba’zida real kassa qoldiqlari samarasi deb ham atalib, narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aksiya va obligatsiyalar) real qiymatining pasayishini anglatadi. Buning natijasida aholi daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori kamayadi.
Import tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi o’zgarishining u yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo’ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi milliy iste’molchi uchun chetdan xorijiy tovarlarni olib kelishni foydali qilib qo’yadi. O’z navbatida, mazkur mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy iste’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi. Natijada bu mamlakatning eksport hajmi kamayadi. Eksport hajmining kamayishi va import hajmining oshishi sof eksportning va, pirovardida, yalpi talab umumiy hajmining qisqarishiga olib keladi.Yalpi talab hajmiga narxdan tashqari omillar ham ta’sir ko’rsatadi. Quyida ulardan eng muhimlarini ko’rib chiqamiz:
1.Iste’mol sarflaridagi o’zgarishlar. Narx darajasining o’zgarishiga bog’liq bo’lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nechta omillar ta’sirida iste’molchilar xaridi hajmida o’zgarish ro’y berishi mumkin. Bu iste’molchi farovonligi, iste’molchining kutishi, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o’zgarishi natijasi hisoblanadi.
2. Investitsion sarflar. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan investitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning ko’payishiga olib keladi.
3.Davlat sarflari. Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat xaridining ko’payishi yalpi talabning o’sishiga olib keladi.
4.Sof eksportdagi o’zgarish. Sof eksportning ko’payishi yalpi talabni ham ko’paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chet ellarda bizning tovarlarga bo’lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi o’z tovarlarimizga ichki talabning ko’payishini taqozo qiladi. Sof eksport hajmining o’zgarishiga avvalo chet davlatlar milliy daromadi va valyuta kurslarining o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Chet mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, ularning fuqarolari ham milliy tovarlarni, ham xorij tovarlarini ko’proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chet ellarda milliy daromadning kamayishi esa sof eksportimiz hajmini qisqartiradi.
5. Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o’zgarishi sof eksportga va demak yalpi talabga ta’sir ko’rsatadi. Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – bu mamlakatda muayyan vaqtda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilib, sotishga chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir. Yalpi taklif turli xil ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari va xizmatlardan hamda investitsiya tovarlaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, yalpi taklifga uy xo’jaliklari taklif qiladigan ishchi kuchi resurslari ham kiradi. Yalpi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar darajasining qiymat miqdoridan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita bog’liqlik mavjud bo’ladi. Bu bog’liqlik yalpi taklif egri chizig’ida aniq aks etadi (25-chizma). Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig’ining ko’rinishi bir oz murakkabroq bo’lib, uchta kesmani o’z ichiga oladi.I. Yotiq kesma. U ba’zida «keynscha» kesma deb ham atalib, iqtisodiyotning tanazzul yoki turg’unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. R,Narx ASdarajasiIII I II 0 Y Yt YIshlab chiqarish real hajmi25-chizma. Yalpi taklif egri chizig’iYotiq kesma milliy ishlab chiqarish potensial hajmi (chizmadagi Yt nuqta)dan ancha kam bo’lgan ishlab chiqarishning real hajmi (chizmadagi Y nuqtaga qadar bo’lgan hajm)ni o’z ichiga oladi. Ya’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko’plab ishlab chiqarish quvvatlari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb etilmaydi yoki ulardan to’liq foydalanilmaydi. Shunga ko’ra, mazkur resurslarning ishlab chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bu oraliqda ishlab chiqarish real hajmi qisqarganda ham tovar va resurslar narxi eski darajada qoladi. Shunday qilib, yotiq kesmada narx darajasi o’zgarmagan holda milliy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud.II.Oraliq kesma. Y va Yt nuqtalar orasidagi mazkur kesma milliy ishlab chiqarish real hajmining ko’payishi narx darajasining o’sishi bilan birga borishini ko’rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to’liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan, korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana boshlaganligidan guvohlik beradi. Ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo’shimcha ishchi kuchi ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko’ra mahsulot birligiga qilinadigan harajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining rentabelli bo’lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. Shu sababli oraliq kesmada milliy mahsulot real hajmining ko’payishi narxlarning o’sishi bilan birga boradi.III.Тik kesma. U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqtisodiyot o’zining to’liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko’rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (chizmadagi Yt nuqta) joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish mumkin emas. Narxning to’xtovsiz oshib borishi xam ishlab chiqarish real hajmining ko’payishiga olib kelmaydi, chunki iqtisodiyot to’liq quvvat bilan ishlay boshlaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo’lib qolishi, narx darajasi esa o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi.
Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar:1.
Resurslar (yer, ishchi kuchi, kapital, tadbirkorlik qobiliyati) narxining o’zgarishi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning ko’payishiga, resurs narxlarining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi. 2.Samaradorlikning o’zgarishi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko’proq miqdorda mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo’llash kabi omillarning o’zaro ta’siri samaradorlik
ning o’sishi va yalpi taklifning oshishiga olib keladi.3.Huquqiy me’yorlarning o’zgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal qiladigan huquqiy me’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligi
ga to’g’ri keladigan xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin. Yalpi talab egri chizig’i va yalpi taklif egri chizig’i kesishgan nuqta
umumiqtisodiy muvozanatni ifodalaydi.
Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:
-
Oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning farqi nimada?
-
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi?
-
Milliy iqtisodiyotning qanday tarkibiy qismlari mavjud?
-
Makpoiqtisodiy ko’pcatkichlap nimalar va ular milliy iqtisodiyotda
qanday rol o’ynaydi? -
YaIM va SMM bip-bipidan nima bilan farqlanadi?
-
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering.
-
YaIM qanday usullarda hisoblanadi?
-
Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang.
-
Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. so’mga, narx indeksi 1,5 ga teng bo’lsa, real YaIM hajmi qancha bo’ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng bo’lsa-chi?
-
Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil qilish nima uchun zarur?
-
Yalpi talab nima va unga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
-
Yalpi taklif nima va unga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
-
Hozir sharoitda O’zbekistonda yalpi taklifning o’zgarishiga ko’proq qaysi omillar ta’sir ko’rsatmoqda?
-
Yalpi talab va yalpitaklif muvozanatining ahamiyati nimada?
9- mavzu. ISTE’MOL, JAMG`ARMA VA INVESTITSIYALAR.Iqtisodiy o’sish va milliy boylik. Reja:9.1. Iste’molning mazmuni va turlari, jamg`rmaning mazmuni va manbalari.9.2. Investitsiyalarning mazmuni va O’zbekistonda investitsion faoliyat.9.3. Iqtisodiy o’sishning mazmuni, mezonlari va ko’rsatkichlari.9.4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.
Тayanch iboralar: iste’mol, unumli iste’mol, jamg’arish, iste’molga va jamg’arishga o’rtacha moyillik, iqtisodiy jamg’arish, investitsiya, investitsion faoliyat, investitsiyalar samaradorligi. iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy o’sish, iqtisodiy o’sish mezoni va ko’rsatkichlari, ekstensiv va intensiv (jadal) iqtisodiy o’sish, milliy boylik, moddiy–buyumlashgan boylik, tabiiy boylik, ma’naviy boylik.9.1. Iste’molning mazmuni va turlari, jamg`rmaning mazmuni va manbalari.Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni
milliy daromad iste’mol va jamg’arish maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda
iste’moljamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog’liq ravishda moddiy hamda
nomoddiy ne’mat va xizmatlarni iste’mol qilish farqlanadi.
Alohida shaxsning o’z ixtiyorida bo’lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda foydalanishi jamoa bo’lib iste’mol qilishga kiradi. Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga sarflanuvchi qismiiste’mol fondi deb ataladi. Iste’mol fondi butun aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat qiladigan muassasalardagi, shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o’z ichiga oladi.
Iste’mol sarflari – bu aholi joriy daromadlarining tirikchilik ne’matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismidir. Aholi o’z daromadini sarflar ekan, bugungi (joriy) iste’mol hamda kelgusidagi iste’mol hajmini oshirish o’rtasida tanlovni amalga oshiradi. Jamg’arma –
bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida to’planib borishidir. Uning hajmi barcha xo’jaliklar daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi, ya’ni D=I+J bulsa, J=D-I demakdir. Daromad tarkibida iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, jamg’arma hajmi shunchalik kam bo’ladi. Jamg’armaning o’sishi esa iqtisodiy ma’noda mablag’larning iste’mol buyumlari xarid qilishdan investitsion tovarlar xarid qilishga yo’naltirilishini bildiradi.
Shunga ko’ra, jamg’arma – bu muddat jihatidan kechiktirilgan iste’molni anglatadi. Shu bilan birga joriy davrda amalga oshirilgan jamg’arma joriy iste’molning chegirilgan qismidir, chunki jamg’arma aholi va korxonalar ixtiyordagi daromadning iste’molga sarflanmagan qismi hisoblanadi, ya’ni:
, bu yerda: Y – barcha xo’jaliklar ixtiyoridagi daromad; C – iste’mol miqdori; S – jamg’arma miqdori.