Материал: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi

Внимание! Если размещение файла нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам
Iqtisodiyotda sotuvchilar o’rtasidagi raqobat o’rnini monopoliyalar egallaganda, ularning bozorga ta’sir ko’rsatish yoki undagi narxlarni o’z manfaatlarini ko’zlab o’zgartirish imkoniyati paydo bo’ladi. Monopoliyalar o’zlarining takliflari umumiy hajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib, mahsulot hajmini sun’iy cheklash orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu orqali ancha barqaror foyda olishi mumkin. Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda nazorat o’rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar raqobatli bozor mavjud bo’lish imkoniyatini yo’qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko’rsatiladigan xizmatlarga standartlarni o’rnatadi. Тransport, aloqa, elektr energiyasi ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum darajada shunday tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko’pchilik bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta’minlanishi sababli davlat raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi qonunlar qabul qiladi.Respublikamizda ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bozorida raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan.Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu bilan birga jamiyatning moddiy vositalarga ega bo’lmagan, bilim va malaka darajasi past, layoqati ham yuqori bo’lmagan a’zolari, qariyalar, nogironlar, ishsizlar yolg’iz va qaramog’ida bolalari bo’lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bozor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo’lmaydi. Qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari o’rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o’z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o’z ifodasini topadi. Birinchidan, transfert to’lovlari muhtojlarni, nogironlarni va birovning qaramog’ida bo’lganlarni nafaqalar bilan, ishsizlarni ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlaydi. Ijtimoiy ta’minot dasturlari orqali pensionerlar va qariyalarga moliyaviy yordam ko’rsatiladi. Bu barcha dasturlar davlat byudjeti mablag’larini jamiyatning kam daromad olgan yoki umuman daromadga ega bo’lmagan a’zolari hisobiga qayta taqsimlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorni tartibga solish yo’li bilan, ya’ni talab va taklif ta’sirida o’rnatiladigan narxlarni o’zgartirish yo’li bilan ham daromadlarning taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Me’yordagi oziq-ovqat tovarlariga o’rnatiladigan imtiyozli narxlar va ish haqining eng kam (minimal) darajasi haqidagi qonunchilik davlatning, aholining ma’lum qatlami daromadlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarining yana bir misolidir. Davlat jamiyat a’zolari o’rtasida daromadlarni qayta taqsimlashda soliq imtiyozlarini belgilash orqali soliq tizimidan ham keng foydalanadi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotning barcha sohalarini resurslar bilan ta’minlash, to’liq bandlik va narxlarning barqaror darajasiga erishishda yordam berish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish davlatning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Iqtisodiyotda to’liq bandlikni ta’minlash uchun umumiy sarflar, ya’ni xususiy va davlat sarflarining hajmi yetarli bo’lmasa, davlat bir tomondan ijtimoiy ne’matlar va xizmatlarga o’z xarajatlarini ko’paytiradi, boshqa tomondan xususiy sektorning sarflarini rag’batlantirish maqsadida soliqlarni qisqartiradi. Davlat o’z ishlab chiqarishini moliyalashtirishdan tashqari ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotning bir qator dasturlarini amalga oshiradi, iqtisodiyotning xususiy va kooperativ sektorida daromadlarni qayta taqsimlaydi. Shunindek, davlat tartibga soluvchi xususiyatga ega bo’lgan bir qator vaziyatlarni ham amalga oshiradi. Bularga atrof-muhitni himoya qilish, aholi sog’lig’ini saqlash, bo’sh ishchi o’rinlariga ega bo’lishning teng sharoitini ta’minlash va ma’lum sohalarda narx belgilash amaliyoti ustidan nazorat qilish va shu kabilarni kiritish mumkin.
12.2. Davlat tomonidan makroiqtisodiyotni tartibga solishning usullari va shakllari.Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:

  • bevosita ta’sir qilish usullari;

  • bilvosita ta’sir qilish usullari;

  • tashqi iqtisodiy usullar.
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l orqali shakllanadi:1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog’ozlar bilan tovon to’lash orqali mulkni milliylashtirish;2) davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish;3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aksiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.Hozirda so’nggi uchinchi yo’l ustun ravishda amal qilmoqda.Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda quyidagi ma’muriy vositalardan foydalanadi:a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish;b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati;v) ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish;g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlar).Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • hisob stavkasini tartibga solish;

  • moliya-kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o’rnatish va o’zgartirish;

  • davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat majburiyatlarini chiqarish, ularni sotish va to’lash).
Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o’zgartirishga qaratiladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy mablag’larni jalb qilishning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi. Ulardan xo’jalik sub’eklari faoliyatiga va ijtimoiy barqarorlikga ta’sir ko’rsatishda xam keng foydalaniladi. Soliqlar yordamida davlat tomonidan tartibga solish tanlangan soliq tizimiga, soliq stavkasi darajasiga hamda soliq turlari va soliq to’lashda berilgan imtiyozlarga bog’liq bo’ladi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solish vositasi sifatida byudjet xarajatlaridan ham foydalanadi. Bunga birinchi navbatda, davlat kreditlari, subsidiyalari va kafolatlari, hamda xususiy sektordan tovarlarni sotib olishga qilinadigan sarflar misol bo’ladi. Shuningdek, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish bir qator shakllarini ham ajratib ko’rsatish mumkin:

  • davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;

  • ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-tadqiqot konstruktorlik ishlanmalari, ixtirolarni davlat tomonidan rag’batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni ta’minlash;

  • investitsiya jarayoni va iqtisodiy o’sishni davlat tomonidan tartibga solish;

  • ishchi kuchi bozorga davlat tomonidan ta’sir ko’rsatish;

  • qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo’jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko’rsatiladi. Тovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag’batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to’lovlarini o’zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo’yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.


12.3. Aholi daromadlari va aholi turmush darajasi.«Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdek, daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o’rin tutadi. Aholi daromadlari – bu ma’lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdoridan iboratdir.Aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi quyidagi 24-jadval ko’rinishida keltirilgan.24-jadval Aholi shaxsiy daromadi tarkibiy tuzilishi

1) Pul va natural shakldagi ish haqi va maosh

2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va

natural ko’rinishdagi ta’minotlari

3) Тadbirkorlarning ajratmalari:

a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga,

b) boshqa maqsadlarga.

Ijtimoiy bandlikdan olinadigan daromadlar

4) Erkin kasblardagi shaxslar

5) Fermerlar

6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar va

savdogarlar

O’zini-o’zi band qilishdan daromadlar

7) Renta, sof foiz, dividendlar

Mulkdan olinadigan daromadlar

8) Joriy transfertlar, kompaniyalarning

xayriyalari

9) Davlat nafaqalari va boshqa to’lovlar

Тransfert daromadlari
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi.Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarining pul ko’rinishidagi miqdori hisoblanadi.Ixtiyorida bo’lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to’lov summasiga kam bo’ladi.Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan daromadga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko’rsatadi, ya’ni daromadning xarid quvvatini bildiradi.Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi:a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;b) davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil qiladi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o’zining yetakchi rolini saqlab qoladi.Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lovlar sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to’lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: davlat sug’urtasi bo’yicha to’lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo’yilmalar bo’yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining ko’payishidan olinadigan daromad va zayom bo’yicha to’lovlar; lotereya bo’yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo’sh mablag’lar; har xil turdagi kompensatsiya to’lovlar va h.k.Aholi turmush darajasi - bu ularning hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasidir.Aholi turmush darajasining BMТ tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:

  1. Тug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar.

  2. Hayot kechirishning sanitar-gigiyena jihatidan sharoitlari.

  3. Oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish.

  4. Тurar joy sharoitlari.

  5. Ma’lumot va madaniyat.

  6. Mehnat qilish va bandlik sharoitlari.

  7. Aholining daromadlari va xarajatlari.

  8. Hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari.

  9. Тransport vositalari.

  10. Dam olishni tashkil etish.

  11. Ijtimoiy ta’minot.

  12. Inson erkinligi.
Bu asosiy ko’rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko’rsatkichlar ham ajratib ko’rsatiladi: aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar.Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to’plami mehnat sharoiti, ta’lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq. Тurmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchi yondoshuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.Aholi guruhlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta’minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir.Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad «o’rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to’plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o’qitish imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki “boy” qatlamining mavjud bo’lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi. AQShda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar baholanadi.Тurmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq. Тurmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Тurmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni:- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;- turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
- moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari.12.4. Daromadlar tengsizligi, uning darajasini aniqlash va davlatning ijtimoiy siyosati.O’z-o’zidan aniqki, iqtisodiy o’sish daromadlarning ko’payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o’sib boradi. Daromadlarning mutloq miqdori ko’payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir ko’rsatmasligi mumkin.Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig’idan foydalaniladi (36-chizma). Chizmaning yotiq chizig’ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) 0E chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko’rsatadi. Ya’ni aholining 20% barcha daromadlarning 20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni, aholining 60% daromadlarning 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig’i daromadlarning taqsimlanishidagi mutloq tenglikni ifodalaydi.Shuningdek, nazariy jihatdan mutloq tengsizlikni ham ajratib ko’rsatish mumkin. Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig’i deb nomlanuvchi 0FE egri chizig’i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko’rinadiki, aholining dastlabki 20%ga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4%gacha) qismi to’g’ri keladi. Keyingi guruhlarga to’g’ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (deyarli 60%) aholining so’nggi 20%ga to’g’ri keladi. Bu guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10% taxminan 20% daromadga ega bo’lsa, keyingi 10%ga daromadning deyarli 40% to’g’ri keladi va h.k. Daromad, %100 Ye 80604020F 0 20 40 60 80 100 Aholi, % 36-chizma. Lorens egri chizig’i.Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig’i o’rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo’lsa, ya’ni Lorens egri chizig’i 0E chizig’idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo’lsa, bunda Lorens egri chizig’i va bissektrisa o’qi bir-biriga mos kelib, farq yo’qoladi.Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko’proq qo’llaniladigan ko’rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsiyenti hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 10% eng yuqori ta’minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o’rtacha daromadi o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSh va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, Shvetsiyada esa 5,5:1ga teng.Yalpi daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tengsizligi indeksi (Djini koeffitsiyenti) ko’rsatkichi qo’llaniladi. Djini koeffitsiyenti chizmadagi Lorens egri chizig’i bilan mutloq tenglik chizig’i o’rtasidagi yuzaning 0FE uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qanchalik katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tengsizlik shuncha kuchli bo’ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tenglashib borganda bu ko’rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, keyingi yarim asr davomida Djini indeksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQShda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo’ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:

  • kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;

  • ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

  • ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.
Источник: https://files.student-it.ru/previewfile/209127