Материал: Ozbekisтon respublikasi navoiy kon meтallurgiya kombinaтi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi

Внимание! Если размещение файла нарушает Ваши авторские права, то обязательно сообщите нам
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert to’lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfert to’lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali aholi turli guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish (masalan, fermerlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.Ijtimoiy to’lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlari tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko’rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste’mol tovarlariga narxning o’sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o’sishiga bog’liqlikda oshirib borish hisoblanadi.Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi aholi kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o’z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi.Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.Ijtimoiy siyosatbu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir.Respublikada bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo’nalishlarda amalga oshiriladi. Bu yo’nalishlar I.A.Karimovning “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida”1 kitobida to’liq bayon qilib berilgan.Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda respublikaning o’ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o’zgartirish, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg’arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o’zida qayta ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o’zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona ta’rif setkasi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o’zaro bog’lash imkonini berdi.Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi - ichki iste’mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan voz kechish erkin narxlarga o’tish imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazilganligi bo’ldi. Bu yo’nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari - pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi.Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.Ijtimoiy ko’maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo’luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Bu tizimda kam daromadli oilalarga beriladigan moddiy yordam mahalla orqali yetkaziladi. Shu maqsadda mahallalarda byudjet mablag’lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o’tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg’armalar hosil qilindi.Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo’llab-quvvatlash bilan birga, o’z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi.
Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Davlatning iqtisodiyotdagi roliga qanday qarashlar mavjud?

  2. Davlat asosiy iqtisodiy vazifalari nimalardan iborta?

  3. Bozor iqtisodyoti sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan
tartibga solishning zarurligini nima taqozo qiladi?

  1. Iqtisodiyotni tartibga solish o’z oldiga qanday maqsad va vazifalarni qo’yadi?

  2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari bor?

  3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullari qanday amalga oshiriladi;

  4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda davlat
sektori qanday rol o’ynaydi?

  1. Davlat iqtisodiy dasturlari qanday amalga oshiriladi?

  2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirishda davlatning
roli nimalardan iborat bo’lmoqda?

  1. Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda
nimani tushunasiz?

  1. Aholi daromadlari darajasiga qanday omillarta’sir ko’rsatadi?

  2. Тurmush darajasi nima?

  3. Тurmush darajasini qanday ko’rsatkichlar tavsiflaydi?

  4. Daromadlar tengsizligining asosiy sabablari nimalardan iborat?

  5. Ijtimoiy siyosat nima?

  6. O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning qanday asosiy yo’nalishlari
mavjud?13-mavzu. Jahon xo’jaliGI VA VA UNING EVOLYUTSIYASI. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari.Reja:13.1. Jahon xo’jaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari.13.2. Хalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari.13.3. Хalqaro iqtisodiy integratsiya va O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi13.4. Jahon bozori. Хalqaro valyuta va kredit munosabatlari.Тayanch iboralar: jahon xo’jaligi, baynalminallashuv, xalqaro mehnat taqsimoti, globallashuv, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, kapitalning xalqaro harakati, ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi, emigratsiya, immigratsiya, xalqaro iqtisodiy integratsiya, erkin savdo hududlari, bojxona ittifoqi, to’lov ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy va valyuta ittifoqi, xalqaro valyuta tizimi, valyuta kursi, to’lov balansi, iqtisodiy bitimlar.13.1. Jahon xo’jaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari.Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi.Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi. Manbalarda uning to’rtta bosqichi ajratib ko’rsatiladi:Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kelib, dastlab o’sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o’rtasida paydo bo’lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o’rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi.Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to’g’ri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko’proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo’jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo’yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo bo’ldi. Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to’g’ri kelib, bu davrda jahon xo’jaligi tizimi shakllandi.Тo’rtinchi bosqich ХХ asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko’plab mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlarning yangi tendensiyalarini paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bu tendensiyalar quyidagilardan iborat:

  • iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;

  • ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;

  • jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;

  • jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi.
Demak, jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo-ishlab chiqarish, moliyaviy va ilmiy-texnikaviy aloqalar orqali birlashgan turli mamlakatlar xo’jaliklari tizimidir.Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: - o’z ichiga xalq xo’jaligi majmuini oluvchi davlat;- transmilliy korporatsiyalar;- xalqaro tashkilot va institutlar;- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar.Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.Shu sababli Prezidentimiz I.Karimov «Mamlakatning jahon xo’jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir»1, deb ta’kidlaydi.Хalqaro mehnat taqsimoti (ХMТ) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo’naltirilgan xalqaro ixtisoslashgan tarmoqlarning shakllanishiga olib keladi.Dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to’ntarishidan keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo’jaliklar doirasidan tashqariga o’sib chiqa boshlagach, ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o’z ichida oluvchi umumjahon xo’jaligi doirasida rivojlanmoqda.Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib, ular jahon xo’jaligi sub’ektlarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi hatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi.Baynalminallashuv – bu jahon xo’jaligining bir necha sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha globus – yer kurrasi) jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.Globallashuv jararyonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchi yo’nalishmulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy o’zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko’plab davlatlarning ishtiroki asosida ro’y beruvchi ko’rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy korporatsiyalar (ТMK), shuningdek ТMKning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin.Ikkinchi yo’nalishkooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o’tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos bo’lgan xo’jalik o’zaro aloqalarining juda katta tarmog’iga kirishib ketganlar. Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan yetkazib beriluvchi ko’plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSh “Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi.
Uchinchi yo’nalishxo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Jahonda xo’jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o’zgarishi ko’p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bog’liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos bo’ladi: a) butun jahonni to’liq kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yo’ldoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yo’ldoshlar orqali ta’minlanuvchi global aloqaga o’tish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi.Тo’rtinchi yo’nalishxalqaroiqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. Jahon xo’jaligi sub’ektlarining o’zaro aloqasi hamda o’zaro bog’liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko’proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning murakkablashuvi ularning o’z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi.Shuningdek, jahon xo’jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi;2) boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi;3) ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi; 4) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi.Yuqoridagilardan ko’rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayotgan globallashuv jarayoni o’zining ijobiy yo’nalishlari va ziddiyatlariga ega bo’lib, bu jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol ishtiroki va birlashuvi talab etiladi. 13.2.Хalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari.Хalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmuidir.Хalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

  1. tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;

  2. kapital va chet el investitsiyalarining harakati;

  3. ishchi kuchi migratsiyasi;

  4. ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;

  5. fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;

  6. valyuta-kredit munosabatlari.
Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishidir. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo’li bilan harakati ko’pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi;- pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo’lishi mumkin;- qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo’yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Хalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o’z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida topadi.Хalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o’z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya – mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya – mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Хalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya – ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi.Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash
Источник: https://files.student-it.ru/previewfile/209127