sub’ektlari hisoblanadi. Sanab o’tilgan sub’ektlarning aynan har biri bir vaqtning o’zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o’rnida chiqishi mumkin.Kredit munosabatlarining
ob’ekti jamiyatda vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’laridir.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat: -
korxonalarning amortizatsiya ajratmalari;
-
mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari;
-
korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag’batlantirish fondlari;
-
korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi;
-
bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari;
-
aholining bo’sh pul mablag’lari.
Kreditning vazifalari:
-
pul mablag’larini qayta taqsimlash;
-
to’lov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik amaliyotiga joriy etish;
-
muomala xarajatlarini tejash;
-
iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish;
-
iqtisodiy sub’ektlar faoliyati ustidan nazorat qilish;
-
iqtisodiyotni tartibga solish.
Тarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, iste’mol va xalqaro kredit shakllarini oladi.
Lizing – bu kreditning pulsiz shakli bo’lib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq to’lab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berishdan iborat. Lizing bo’yicha bitimlar 1 yildan to 10 yilga qadar tuzilishi mumkin. Odatda ishlab chiqarish vositalarini ularning egalari bevosita emas, balki maxsus lizing kompaniyalari orqali ijaraga beradilar.
Faktoring – bu boshqa iqtisodiy sub’ektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi. Bunda bank korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o’zi uchun foydali shartlar asosida naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib oladi.
Farfeyting – bu uzoq muddatli faktoring munosabatlari bo’lib, qarzdorlik bo’yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o’tgandan so’ng undirishi mumkin bo’ladi.
Banklarpul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo’lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi.
Bank krediti – kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari – banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo’jaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi.Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga
markaziy (emission) bank va
tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi.
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. O’Zbekistonda davlat banki
Markaziy bank hisoblanadi.
Тijorat banklari o’zlarining xo’jalik mavqeiga ko’ra aksionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko’ra, faoliyatning biron bir turiga xizmat ko’rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo’lishi mumkin.
Тijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan pul mablag’lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o’rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi, shuningdek vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug’ullanadi.O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati” to’g’risidagi qonunida aytilishicha, tijorat banklari va aksiyali pay asosida tashkil topgan xususiy banklar bo’ladiki, ular “kredit hisob-kitob va o’zga xil bank xizmatini ko’rsatadilar”.
11.
5. O’zbekistonda milliy valyutani mustahkamlash siyosatining amalga oshirilishi.Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo’lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o’z ichiga oladi. Shunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o’zgarishlarni o’tkazish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o’sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiy tavsif kasb etib, butunlay barham topdi. Eng avvalo shuni qayd etish lozimki, 2008 yildan boshlab kuchga kiritilgan yangi Soliq kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari talablariga javob beraoladi.Bunda soliq tizimi o’ziga xos vazifalarni – xazinani to’ldirish, qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifalarini to’la darajada bajarishi zarur. Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil – korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o’z mablag’larini ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag’larni to’ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa oqibat natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.Тabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun yer, yer osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to’lov o’rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo’nalishidir.Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to’lov majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga mamlakatimizda g’aznachilik tizimining joriy etilishi misol bo’laoladi.Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyotlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishining umumiy hajmida milliy mahsulotlar xissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi.So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’ektlarining, jaxon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega. So’mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi.Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan kat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishda maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga, aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yul qo’ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o’z vaqtida qaytarilishiga erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak.
Milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatidagi sharti daslabki bosqichda
valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishidir. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:
-
Moliyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat?
-
Moliya tizimida davlat byudjetining o’rni qanday?
-
Byudjet taqchilligi nima?
-
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini bilasizmi?
-
Soliqning qanday turlari mavjud?
-
O’zbekistonda byudjet-soliq tizimini isloh qilish qanday
yo’nalishlarda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan? -
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori qanday omillarga bog’liq?
-
Inflyatsiya nima?
-
Kreditni nima zarur qilib qo’yadi?
-
Kredit qanday vazifalarni bajaradi?
-
Markaziy va tijorat banklarining vazifalari nimalardan
iborat? -
Hozirda O’zbekistonda milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlash uchun qanday chora-tadbirlar tizimi qo’llanilmoqda?
12-mavzu. Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli va Aholi daromadlariReja:12.1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zaruriyati, uning maqsadi va vazifalari. 12.2. Davlat tomonidan makroiqtisodiyotni tartibga solishning usullari va shakllari.12.3. Aholi daromadlari va aholi turmush darajasi.12.4. Daromadlar tengsizligi, uning darajasini aniqlash va davlatning ijtimoiy siyosati.Тayanch iboralar: iqtisodiyotni tartibga solish, davlatning vazifalari, bevosita, bilvosita, tashqi iqtisodiy usullar, aholi daromadlari, nominal daromad, ixtiyorida bo’lgan daromad, real daromad, aholi turmush tarzi, daromadining xarid quvvati, Lorens egri chizig’i, ijtimoiy to’lovlar, ijtimoiy siyosat,qonunchilik, ijro va nazorat qilish, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy tizimni mustahkamlash, o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish, ma’muriy va iqtisodiy vositalar, bevosita va bilvosita usullar.12.1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zaruriyati,uning maqsadi vavazifalari.Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko’p omilli ko’rsatkich bo’lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq bo’lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo’li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli xisoblanadi. Iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning "Хalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida" (1776y.) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi, davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi.Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning "Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936y.) nomli kitobida o’z aksini topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo’lib, ular ishlab chiqarish samaradorligiga davlatning ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo’lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv ravishda shartlanadi. Ko’plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko’plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to’g’ri bo’lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo’lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda
ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi.Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-
chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o’zaro aloqasi va o’zaro bog’liqligi yanada kuchayadi;
-
ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida alohida xo’jalik birliklarining mayda bo’laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi;
-
ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to’planuvi jarayoni o’sadi;
-
turli iqtisodiy mintaqalar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi.
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o’zaro muvofiqlashtirilgan holda xo’jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga ob’ektiv ehtiyoj paydo bo’ladi. Shunga ko’ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma’lum darajasida ob’ektiv zaruriyatga aylanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda
jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha davlatning faoliyati tushuniladi. Bozor xo’jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat bo’ladi. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo’llab-quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
asosiy maqsadiiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. Bu sohadagi
davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko’rsatish mumkin:
-
bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
-
raqobatni himoya qilish.
Bu yerda
davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega:
-
daromad va boylikni qayta taqsimlash;
-
resurslarni qayta taqsimlash;
-
iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish.
O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar to’g’risida», «Тadbirkorlik faoliyati to’g’risida» va «Aksionerlik jamiyatlari to’g’risida»gi qonunlari hamda ularga kiritilgan qo’shimcha va tuzatishlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish buyicha tadbirlari bozor iqtisodiyoti uchun zarur huquqiy asosni ta’minlashga qaratilgan. Davlat tomonidan
ijtimoiy muhitni ta’minlash o’z ichiga ichki tartibni saqlash, mahsulot sifati va og’irligini o’lchash standartlarini belgilash, tovar va xizmatlar ayirboshlashni yengillashtirish uchun milliy pul tizimini muomalaga kiritish kabilarni oladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo’lib xizmat qiladi. Bu shunday kuchki, u xaridorlar yoki iste’molchilarning ehtiyojlariga ishlab chiqaruvchi va resurs yetkazib beruvchilarni bo’ysundiradi. Raqobat sharoitida ko’plab xaridorlar tomonidan bildirilgan talab va sotuvchilarning taklifi bozor narxlarini belgilaydi. Bu shuni bildiradiki, ishlab chiqaruvchilar va resurs yetkazib beruvchilar iste’molchilarning faqat bozor orqali hisobga olinadigan xohishlariga moslashishi mumkin. Bozor tizimining irodasiga bo’ysunuvchi, raqobatlashuvchi ishlab chiqaruvchilar foyda olishni va o’z mavqelarining mustahkamlashini kutadi, kim bozor qonunlarini buzsa, zarar ko’radi va oxir oqibatda sinadi. Raqobat sharoitida xaridor – bu xo’jayin, bozor ularning gumashtasi, korxona esa ularning xizmatkori hisoblanadi.