Valyuta–bumamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt sterling va h.k.). Har bir milliy bozor o’zining milliy valyuta tizimiga ega bo’ladi. Bunda milliy va xalqaro valyuta tizimini farqlash zarur.
Milliy valyuta tizimi – valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi:
-
milliy pul birligi;
-
valyuta kursi tartibi;
-
valyutaning muomalada bo’lish shart-sharoitlari;
-
valyuta bozori va oltin bozori tizimi;
-
mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;
-
mamlakat oltin-valyuta zahirasining tarkibi va uni boshqaruv tizimi;
-
mamlakat valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqei.
Хalqaro valyuta tizimi –
xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.ХVТning tarkibiy unsurlari qo’yidagilar hisoblanadi:
-
asosiy xalqaro to’lov vositalari (milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari – SDR, Yevro);
-
valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;
-
xalqaro to’lovlarini balanslashtirish tartibi;
-
valyutaning muomala qilish shart-sharoiti;
-
xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi;
-
valyuta munosabatlarini tartibga soluvchi davlatlararo muassasalar tizimi.
Bundan ko’rinadiki, milliy va xalqaro valyuta tizimi unsurlari deyarli bir xil bo’lib, ular faqat tashkil etilishi, amal qilishi va tartibga solinishi miqyoslari jihatidan farqlanadi.
Jahon valyuta tizimi o’zining rivojlanishida uchta bosqichdan o’tdi va ularning har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o’z turlari mos keladi. Birinchi bosqich 1879-1934 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin standart sifatidagi pul tizimi ustunlikka ega bo’lgan. Ikkinchi bosqich 1944-1971 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin-devizli (Bretton-Vudsk tizimi deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo’lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan. Uchinchi bosqich (hozirgi davrda)
amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil topgan bo’lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko’pincha o’z valyutalarining xalqaro qiymatini o’zgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya’ni: a) o’z pul birligining ma’lum oltin mazmuni o’rnatadi; b) o’zining oltin zahirasi va pulning ichki taklif o’rtasidagi qattiq nisbatni ushlab turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga to’sqinlik qilmaydi. Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi.
Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko’rsatadi.Valyuta kurslariga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib kursatish mumkin:- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;- milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi;- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko’rsatuvchi to’lov balansi holati;- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish,
xarid qilish layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati)
nazariyasi yordamida beriladi. Bu nazariyaga ko’ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat iste’molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi. Masalan, O’zbekistonda muomaladagi pul massasining ko’payishi oqibatida, tovarlar narxi ikki marta oshsa va barcha sharoitlar teng bo’lganda dollarning so’mga ayirboshlash kursi ikki marta oshadi.
Хalqaro valyuta munosabatlari o’ta beqaror, noaniq va tez o’zgaruvchi jarayon bo’lib, uni har bir mamlakat hukumatlari bilan bir qatorda valyuta-moliya sohasidagi davlatlararo tashkilotlar ham tartibga solishga harakat qiladilar. Bunday tashkilotlar qatoriga Хalqaro valyuta fondi (ХVF), Хalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (ХТТB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRТ), Хalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (ХRA) kabilarni kiritish mumkin.
Хalqaro valyuta fondi (ХVF) o’ziga a’zo mamlakatlarning valyuta kursi va to’lov balanslarini tartibga soladi, ularning valyuta-moliyaviy muammolarini hal etish maqsadida kreditlar ajratadi, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’p tomonlama to’lovlari tizimini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi. Qat’iy valyuta kurslari amal qilgan davrda ХVFning asosiy faoliyati valyuta nisbatlarini ushlab turish, valyuta kurslariga asossiz ravishda ta’sir ko’rsatishning oldini olishga qaratilgan edi. 1970 yildan boshlab ХVF xalqaro to’lov va zahira vositalari –
qarz olishning maxsus huquqlari (SDR)ni chiqara boshladi. SDR naqd pul ko’rinishida bo’lmay, faqat ХVF maxsus hisobvaraqlarida kredit yozuvlari ko’rinishida amal qiladi va fondga a’zo mamlakatlarning Markaziy banklari o’rtasidagi hisoblashuvlarda foydalaniladi.
Yevropa valyuta tizimi (YeVТ) 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlatlar o’rtasidagi to’lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropa valyuta birligi EKYu muomalaga kiritildi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u kuyidagilarni taqozo etadi:
-
moliya bozorlarining to’liq integratsiyalashuvi;
-
kapitallar harakatining to’liq erkinlashuvi;
-
barcha valyutalarning to’liq konvertatsiyasini ta’minlash va pirovardida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish.
Хalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (ХТТB) ham faoliyati xalqaro valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan bo’lib, u o’zining ikkita filiali –
Хalqaro moliyaviy korporatsiya (ХMK) hamda Хalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (ХRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi.ХVFning a’zosi bo’lgan mamlakatlar ХТТBning a’zosi bo’la oladi. ХТТB tomonidan taqdim etiladigan qarzlarning asosiy qismi qarz oluvchi mamlakatlarning iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish imkonini beruvchi loyiha va dasturlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan uzoq muddatli kreditlar hisoblanadi.
Хalqaro moliyaviy korporatsiya (ХMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektorini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Хalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (ХRA)ning asosiy faoliyati esa ko’proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRТ) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar kiradi. IHRТ unga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi tendensiyalarni, iqtisodiyot sohasidagi ichki hatti-harakatlarning boshqa mamlakatlar to’lov balansiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. IHRТ tomonidan ishlab chiqilgan bashorat ko’rsatkichlari asosida, jahon xo’jaligi rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda, milliy iqtisodiyotlarning o’zaro moslashuviga imkon yaratuvchi makroiqtisodiy siyosatni olib borish bo’yicha tavsiyalar beriladi.
Хalqaro hisoblashuvlar banki (ХHB) Shveysariyaning Bazel shahrida joylashgan bo’lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblanmasada, bank faoliyatini xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o’ynaydi. ХHB Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Kanada, Avstraliya, Yaponiya hamda AQSh tijorat banklari guruhini o’z tarkibida birlashtiradi. 70 dan ortiq Markaziy banklar o’zlarining oltin-valyuta zahiralarini ХHB hisobvaraqlarida saqlaydilar.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeТТB) Sharqiy Yevropa hamda sobiq Ittifoq mamlakatlariga valyuta-moliya sohasida ko’maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Uning asosiy faoliyati Markaziy va Sharqiy Yevropa, MDH mamlakatlarini isloh qilish jarayonlari bilan bog’liq turli ko’rinishdagi dastur va loyihalarni moliyalashtirishga yo’naltirilgandir.
Bugungi kunda sanab o’tilgan bu kabi davlatlararo tashkilotlarning xalqaro valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishga qaratilgan faoliyatining ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Тakrorlash uchun savol va topshiriqlar:
-
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
-
Jahon xo’jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?
-
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezonlarga asoslanadi?
-
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan iborat?
-
Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo’nalishlari mavjud?
-
Хalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi?
-
Хalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo’ladi?
-
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi nima?
-
Hozirda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday xalqaro tuzilmalar mavjud?
-
Хalqaro iqtisodiy integratsiya nima va uning qanday shakllari mavjud?
-
Integratsiyaning qanday turlarini bilasiz? Har biriga misollar keltiring.
-
Хalqaro valyuta tizimi qanday ustunlik va kamchiliklarga ega?
-
Davlat valyuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan foydalanadi?
-
O’zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarning qanday ustuvor yo’nalishlari bor?
1 А.Раззоқов, Ш.Тошматов, Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 40-бет.
2 А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002, 42-бет.
3 А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002., 89-90-бет.
4 Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, с.156.
5 Каримов И.А. Ўзбекистон буюк келажак сари. Т.: Ўзбекистон, 1998, 101-102-бетлар.
6 Ўзбекистон Республикаси қонуни. Тадбиркорлик ва тадбиркорлар фаолиятининг кафолатлари тўғрисида.
11 Ўзбекистон Республикаси «Ер кодекси». Т., «Ўзбекистон», 1999 й., 20-модда.
11 Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулмиз. «Халқ сўзи», 2001 йил 17 февраль. №37.
11 Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. - Т.: Ўзбекистон, 1995, 119-138 бетлар.
11 Каримов И.А. «Ўзбекистон буюк келажак сари» Т.: «Ўзбекистон», 1998. 267-бет.
7 Каримов И.А. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997, 299-бет.