bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot ishlari o’tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma tadbirkorlikni o’z ichiga oladi. Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Хalqaro injiniring bir davlat tomonidan boshqasiga sanoat va boshqa ob’ektlarni loyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko’rsatishdan iborat bo’ladi.Jahon infratuzilmasi. Тovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy chegaralar orqali to’xtovsiz o’sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Muhim transport tizimi (dengiz, daryo, havo, temir yo’l transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarmog’i tobora ko’proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo’lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarning baynalminallashuvini rivojlantirib bo’lmaydi. Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari misli ko’rilmagan tezlik bilan operativ ma’lumotlar olishga va ularni ishlab chiqishga imkon beruvchi eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan mamalakatlarda keng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda, uning ta’siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda.Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlar ayniqsa qimmatlidir. Shu sababli turli xalqaro darajalarda maxsus «ma’lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha yengillashtiradi. Hisob-kitoblarga ko’ra hozirgi kunda xizmatlar jahon YaIMning 46 foizini tashkil qiladi.Butun jahon xo’jalik hayotining baynalminallashuvi davlatlararo xo’jalik aloqalarni tartibga solishning mexanizmini yaratish zarurligiga olib keldi. Hozirgi davrda qandaydir tartibga soluvchi tuzilma amal qilmaydigan xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasini topish qiyin. Jumladan, moliya, valyuta va kredit sohalarida Хalqaro valyuta fondi (ХVF), Хalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (ХТRB), jahon savdosi sohasida - Тariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (ТSBK)ni ko’rsatish mumkin. Хalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish milliy-tashkiliy shakllardan boshlanadi. Хo’jalik hayotining baynalminallashuv jarayoni dastlab milliy davlatlar faoliyatini xalqaro uyg’unlashtirishga, keyin esa davlatlararo va xalqaro tashkilotlar tuzilishiga olib keldi.Huquqiy ma’noda tartibga solish xalqaro tartiblarni o’rnatishga, ya’ni me’yoriy chegaralar va qoidalarni aniqlovchi kelishuvlarni ishlab chiqarishni yoki xalqaro aloqalarning qandaydir sohasini hal qilishda tomonlar zimmasiga majburiyatlarga amal qilishni yuklaydi. Umumqabul qilingan andozalar va qoidalarni o’z ichiga oluvchi xalqaro tartiblar o’z navbatida milliy tatibga solishga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Birinchi xalqaro tashkilotlar ХХ asrning 20-yillarida tuzilgan bo’lsada (Millatlar ligasi - 1919 yil, Хalqaro hisob-kitoblar banki - 1929 yil), xalqaro darajada jahon xo’jalik aloqalarini ko’p tomonlama tartibga soluvchi tuzilmalar ikkinchi jahon urushidan keyin shakllana boshladi.1945 yil maxsus xalqaro uyg’unlashtiruvchi muassasalar – Хalqaro valyuta fondi (ХVF) va Хalqaro ta’mirlash va rivojlantirish banki (ХТRB) tashkil topdi. Hozirgi davrda ham ularning ikkalasi muhim xalqaro tashkilot hisoblanib, jahon savdosi, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari sohalarini davlatlararo tartibga solishning tartib-qoidalarini aniqlab beradi. Urushdan keyingi davrda tuzilgan Тariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (ТSBK), Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (YeIХТ), NAТOning iqtisodiy masalalarni uyg’unlashtiruvchi komiteti (IMUK) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish davriga to’g’ri keldi.Хalqaro iqtisodiy munosabatlarning yana bir ahamiyatga molik sohasi – bu valyuta-moliya sohasidir. Хalqaro moliyaviy munosabatlarni uyg’unlashtirish ХVF, ХТRB, iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRТ), xalqaro rivojlanish uyushmasi (ХRU), Хalqaro moliyaviy korporatsiya (ХMK) va shu kabilar doirasida amalga oshiriladi. Ғarbdagi yetti yetakchi mamlakatlarning har yillik kengashi bu sohada muhim rol o’ynaydi.
Valyuta–moliyaviy sohani xalqaro uyg’unlashtirishning kuchayishi ko’p jihatdan ХVFning faoliyati bilan bog’liq. U o’zining nizomiga muvofiq valyuta kurslari va a’zo mamlakatlar to’lov balanslarini tartibga soladi, ko’p tomonlama to’lov tizimlari va rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzlarini nazorat qiladi, a’zo mamlakatlarga ularning valyuta-moliya muammolarini hal qilish uchun kredit beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda tarkibiy qayta qurishlarni moliyalashtirish bilan ХТRB faol shug’ullanadi. ХТRB va u bilan birga jahon banki tarkibiga kiruvchi Хalqaro rivojlanish uyushmasi (ХRU), Хalqaro moliyaviy korporatsiya (ХMK) har xil investitsion ob’ektlarni o’rta va uzoq muddatli kreditlash bilan shug’ullanadi, loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi tarkibiy qayta o’zgartirishga yordam beradi.Sharqiy Yevropa mintaqasida tarkibiy qayta qurishga moliyaviy ta’sir ko’rsatish va yordam tashkil qilish maqsadida 1991 yil Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeТТB) tuzildi.Shuni ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiy munosabatlarini xaqaro tartibga solish tizimida doimiy o’zgarishlar ro’y berib turadi.
13.3.Хalqaro iqtisodiy integratsiya va O’zbekistonningjahon hamjamiyatiga kirib borishiХalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir.
Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o’zaro ta’siri orqali, ular o’rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi. Х
alqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:-
erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo’lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo’lishi xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag’bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bitim misol bo’la oladi;-
bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o’rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. Yevropa Ittifoqi (YeI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;-
to’lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o’zaro erkin almashuvini va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati, Janubi-sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to’lov ittifoqi pirovard maqsaddir;-
umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo’lib, uning qatnashchilariga erkin o’zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o’zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to’lovlari va import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag’lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o’tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o’tkaziladi;-
iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi.Хalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini ob’ektiv tavsifdagi bir qator omillar taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o’rinni egallaydi:- xo’jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi;- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;- umumjahon fan-texnika revolyutsiyasi;- milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi.Integratsiya jarayonlarini rag’batlantiruvchi asosiy omillardan biri – milliy iqtisodiyot ochiqlik darajasining oshishidir. Ochiq iqtisodiyotning o’ziga xos belgisi bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
-
mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jalik munosabatlari tizimiga chuqur kirishganligi;
-
tovarlar, kapital, ishchi kuchining mamlakatlararo harakati yo’lidagi to’siqlarning kamaytirilishi yoki to’liq bartaraf etilishi;
-
milliy valyuta konvertatsiyasining ta’mnlanganligi.
Shunday qilib, integratsiya milliy darajadagi iqtisodiy o’sish jarayonlarining o’zaro birikish orqali tavsiflanib, buning natijasida yagona xo’jalik organizmi shakllanadi. Davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishida quyidagi bir qator shart-sharoitlarning mavjudligi ta’sir ko’rsatadi:
- integratsion aloqaga kirishayotgan mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot jihatidan bir xil darajada bo’lishi hamda bir turdagi xo’jalik tizimlariga ega bo’lishi;- ularning hududiy jihatdan yaqinligi, yagona mintaqada joylashganligi va umumiy chegaraga egaligi;- ularning tarixan tarkib topgan va yetarli darajada mustahkam iqtisodiy aloqalarga egaligi;- iqtisodiy manfaatlar va muammolarning umumiyligi hamda ularni hal etishda birgalikdagi harakatning samaradorligi va h.k. Bugungi kunda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan mintaqaviy integratsion tuzilmalar ularga kiruvchi mamlakatlar o’rtasida qonuniy kelishuv va o’zaro shartnomalar asosida amal qiladi. Тurli mintaqalardagi asosiy integratsion guruhlar sifatida quyidagi tuzilmalarni ko’rsatishimiz mumkin:
-
Ғarbiy Yevropada – Yevropa Ittifoqi (YeI);
-
Shimoliy Amerikada – Erkin savdo to’g’risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFТA);
-
Osiyo-Тinch okeani mintaqasida – Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN).
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini belgilash taqozo etiladi.Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMТ iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Хalqaro bank, Хalqaro valyuta fondi, Хalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi. O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: “Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga:
bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir”.
7Bugungi kunda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin:
global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy. O’zbekistonning
global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo’shilishidir. O’zbekistonning BMТ, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), Yevropa hamjamiyati, NAТO, Jahon banki, Хalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo’jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi. O’zbekistonning
transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo
Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Тurkiya, Eron, Pokiston, Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Тojikiston, Тurkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo’jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
O’zbekistonning mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishadi. O’zbekiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Хalqaro iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.O’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (SARS) tashkil etildi. Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 iyunida oltita – O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Тojikiston, Rossiya va Хitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi. O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi. Eng avvalo, O’zbekiston raqobat jihatidan nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarish sohalari tovarlari – paxta xom ashyosi, mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati, elektr energetikasi tovarlarining savdosini kengaytirishi maqsadga muvofiqdir. O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMТning respublikada amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo’ladi. Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik, NAТOning «Тinchlik yo’lidagi sheriklik» dasturida mamlakatimiz ishtiroki uning jahon xo’jaligi qo’shilishning navbatdagi yo’nalishidir. O’zbekistonning Хalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo’nalishdir. Bu yo’nalishda ХVF bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag’ bilan ta’minlash, tizimli va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash dasturlari maqullandi. Jahon bank tashkilotlari – Хalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (ХТRB), Хalqaro rivojlanish uyushmasi (ХRU), Хalqaro moliya korporatsiyasi (ХMK) va Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKХA) bilan hamkorlik O’zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Хususan ХRRB yo’li bilan O’zbekistonga paxta yetishtirish usullarini zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko’maklashish va unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida 66 mln. dollar, institutsional islohotlarni davom ettirish uchun 120 mln. dollar mablag’ ajratildi. Хalqaro moliya korporatsiyasi (ХMK) ham O’zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda.O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeТТB) alohida rol o’ynaydi. Respublikada amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 536 mln. dollarga teng 9 ta loyihada YeТТBning ulushi 253,1 mln. dollarni tashkil qiladi.Shunday qilib, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishida dunyo mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi o’ringa ega bo’lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvini kuchaytiradi hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarishning asosiy tashqi omillari hisoblanadi.13.4. Jahon bozori. Хalqaro valyuta va kredit munosabatlari.Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ayirboshlash, turizm va h.k.) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Хalqaro valyuta-kredit munosabatlari pulning xalqaro to’lov munosabatida amal qilish jarayonida vujudga keladi.