7.3. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari.Mamlakatimiz iqtisodiy o’sishini ta’minlash va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda, mamlakatni modernizatsiyalashda agrar soha muhim rol o’ynaydi. Unda insoniyat hayoti uchun eng zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo ishlab chiqariladi. Agrar sohada ishlab chiqarish ko’p jihatdan yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlaragrar munosabatlar deyiladi.Bizning mamlakatimizda esa yer davlat mulki bo’lib, u uzoq muddatli ijara sifatida foydalanishga berilayapti. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar - yer, o’simlik, chorva mollari bilan bog’liq bo’ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog’lanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to’g’ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. Yerning hosil berish qobiliyatigatuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo’lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik «oziqlanishi» mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerningtabiiy unumdorligi deyiladi.Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo’l bilan, masalan, yerni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug’orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo’llar bilan amalga oshirilsa, buiqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.Yerdan olinadigan hosil ko’proq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog’i ishchi kuchining, jonli mehnatning yerga faol ta’siri bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir bo’ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo’lib, asosiy rolni o’ynaydi. Qishloq xo’jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo’lishi mumkin. Hozirgi paytda qishloq xo’jaligida xo’jalik yuritishning asosiy ko’rinishlari shirkat, fermer, dehqon xo’jaligi shakllarida bo’lib, ularda turli iqlim va tuproq sharoitlarida ishlab chiqarish olib boriladi.Qishloq xo’jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda ish hayvonlari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan turli xil asbob-uskunalardan tashkil topadi. Qishloq xo’jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o’lchanmasligi tufayli, kapital qiymati tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan asosiy kapitalning ayrim turlari, masalan, ko’p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug’orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo’lmaydi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug’orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o’tkazadi, sanoat tarmog’ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o’tkazadi. Shunga binoan qishloq xo’jaligidan kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko’proq. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi. Qishloq xo’jaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug’lik fondlari, kimyoviy o’g’itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari – inventarlar, yoqilg’i va moylash materiallari hamda shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo’jaligida aylanma kapitalning ko’pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’ladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning sifatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to’laroq foydalanish har bir xo’jalikning muhim vazifasidir. Тabiiy omillar qishloq xo’jalik mahsulotining bevosita ko’payishiga ta’sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o’rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo’ladi. Masalan, qishloq xo’jaligida turli ekinlarni ekib bo’lingandan to hosil yig’ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo’jalik ekinlari mehnat ta’sirida bo’lgan kunlar hisoblanadi.Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan mehnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta’sir o’tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Masalan, seyalkadan ekish davomida foydalanilsa, g’alla o’rish kombaynlari, paxta terish mashinalari esa yiliga 20-30 kun yig’im-terim paytida ishlatiladi, xolos. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida mehnatning kapital va energiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo’lishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda. O’zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo’lganligi sababli yerga bo’lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi lozim.Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslarning ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ta’kidlanganidek «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin».1 Yerdan foydalanish huquqi – bu o’rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo’lishi shart emas. Real xo’jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko’pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo’jaliklari amalga oshiradi.7.4. Renta munosabatlari.Agrar munosabatlarning asosini renta munosabatlari tashkil qiladi. Renta nazariyasi dastlab fiziokratlar maktabining asoschilari F.Kene va A.Тyurgolarning ilmiy asarlarida ko’rib chiqilgan. Ular rentaning vujudga kelish sababini tabiat, yerning qandaydir sirli kuchi, tabiat ehsoni, yerning qo’shimcha mahsulot yarata olish qobiliyati natijasi orqali izohlaganlar. Ular qishloq xo’jalik mahsulotlarini yaratishda, jumladan, sof va qo’shimcha mahsulot yaratishda tabiat rolini ko’rsatishga harakat qilganlar.Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig’i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
mutloq (absolyut) yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi:
Birinchidan, samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi.
Ikkinchi sababi – yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’ekti yoki xo’jalik yuritish ob’ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi.
Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya’ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo’shimcha daromad (qiymat)ning bir qismi renta shaklini oladi hamda u
differensial renta deb ataladi.
Differensial renta Iyerning tabiiy unumdorligi bilan bog’liq bo’lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo’llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday yer uchastkalarida sarf-xarajatlar darajasi unumdorligi past, bozorlardan, shaharlardan va markaziy yo’llardan uzoq joylashgan yer uchastkalari mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatga nisbatan kam bo’ladi.
Differensial renta I ning hosil bo’lishini shartli misol yordamida ko’rib chiqamiz (10-jadval).
10-jadvalDifferensial renta I ning hosil bo’lishi Yer uchast-kasi
| Ijti-moiy ishlab chiqarish xarajat-lari (so’m)
| O’rtacha foyda (so’m)
| Ijti-moiy qiymat (so’m)
| Yalpi mahsu-lot (tonna)
| Mahsu-lotning indivi-dual qiymati
(so’m)
| Ijti-moiy qiymat – bozor narxi (so’m)
| Yalpi sotil-gan mahsu-lot (so’m)
| Dif-feren-sial renta I
(so’m)
|
A
| 8000
| 2000
| 10000
| 20
| 500
| 500
| 10000
| -
|
B
| 8000
| 2000
| 10000
| 25
| 400
| 500
| 12500
| 2500
|
Differensial renta II
xo’jaliklarni intensiv (jadal) rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarni qo’llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog’liq holda vujudga keladi (11-jadval).
Misolimizda yerga qo’shimcha 5 ming so’m xarajat sarf qilish natijasida qo’shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo’shimcha olingan 10 ming so’m daromad differensial renta
II
ni tashkil etadi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e’tibor beriladi. 11-jadvalDifferensial renta II ning hosil bo’lishi
I/ch
davri
|
Ishlab chiqarish xarajatlari
(so’m)
|
Yalpi mahsulot (tonna)
| 1 tonna mahsu-lotning indivi-dual qiymati
(so’m)
| 1 tonna mahsu-lotning ijtimoiy qiymati
(so’m)
| Sotil-gan mahsulot summasi, so’m
| Qo’shimcha mahsulot, ya’ni dif-feren-sial renta II, so’m
|
1-yil
| 10000
| 20
| 500
| 500
| 10000
| -
|
2-yil
| 15000
| 40
| 375
| 500
| 20000
| 10000
|
Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo’jaliklar faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo’lganligi sababli uning manfaatlari yo’lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to’planishi lozim. Differensial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo’jaliklarning o’zlarida qoldirilishi mantiqan to’g’ri bo’ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum darajada bu rentaning hosil qilishda o’z hissasini qo’shadi, ya’ni transport yo’llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag’lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o’g’itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differensial renta I va differensial renta II yer egasi bo’lgan davlat bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida taqsimlanadi.
Absolyut (mutloq) renta. Ko’pgina mamlakatlarda qishloq xo’jaligida yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to’g’ri keladi. Hozirgi davrda yerga xususiy mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshkalar. Yerga bo’lgan bu mulkchilik (shaklidan qat’iy nazar) monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat’iy nazar, yer egalarigaabsolyut rentadeb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun oladigan to’lovabsolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.Renta nazariyasiga ko’ra qishloq xo’jaligida rentaning yana bir turi – monopol renta – bu boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadigan yerlardan olinadigan rentadir. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi.Faqat qishloq xo’jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo’shimcha daromad olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Хuddi qishloq xo’jaligidagi singari, o’rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi.Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog’liq ravishda kapital qo’yilmalar sarflanmagan bo’lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to’g’ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi quyidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun to’lanadigan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); yer uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada quyidagicha yozish mumkin: .Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob’ekti emas, balki oldi-sotdi ob’ekti hamdir. Yer ham qishloq xo’jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi? Yerning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: ,bunda B - yer narxi; R - renta; rў - ssuda foizi me’yori.Faraz qilaylik, R – 15 ming doll., rў = 5%. Bunda B=300 ming doll. ga teng bo’ladi. Yer egasi faqat shu narxdagina yerini sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi. Renta miqdori o’sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan taqdirda yerning narxi o’sib boradi.7.5. Agrosanoat integratsiyasi va O’zbekistondagi agrar islohotlar.Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo’jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash sanoat tarmoqlari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste’molchilarga yetkazib berish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiyot tarmoqlaridir.